LTC delistingi haqida ma'lumot
Hurmatli Foydalanuvchilar!
“City Pay Gate” QK MChJ qo‘llab-quvvatlanadigan kripto-aktivlar ro‘yxatidan Litecoin (LTC) kripto-aktivini chiqarish (delisting) jarayoni boshlanganini ma’lum qiladi.
Mazkur qaror CityPay tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan kripto-aktivlar ro‘yxatini va operatsion faoliyatni optimallashtirish doirasida qabul qilindi.
Asosiy sanalar va shartlar
Ushbu bildirishnoma e’lon qilingan kundan boshlab:
• Litecoin (LTC) sotib olish imkoniyati mavjud bo‘lmaydi;
• CityPay xizmati orqali taqdim etilgan manzillarga Litecoin (LTC) kiritish/qabul qilish to‘xtatiladi;
• Litecoin (LTC) qoldig‘iga ega Foydalanuvchilar o‘z LTC aktivlarini sotishlari yoki tashqi manzilga chiqarishlari mumkin.
Litecoin (LTC) sotish va tashqi manzilga chiqarish imkoniyati O‘zbekiston Respublikasi vaqti bilan 2026-yil 6-oktabr soat 23:59 gacha saqlanib qoladi.
2026-yil 7-oktabr soat 00:00 dan boshlab Litecoin (LTC) qo‘llab-quvvatlanishi to‘liq to‘xtatiladi va CityPay xizmati orqali ushbu kripto-aktiv bilan standart operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyati mavjud bo‘lmaydi.
Foydalanuvchilar nima qilishlari kerak
Litecoin (LTC) qoldig‘iga ega Foydalanuvchilarga yuqorida ko‘rsatilgan muddat tugaguniga qadar:
• Litecoin (LTC) aktivlarini xizmatning mavjud funksiyalari orqali sotish; yoki
• Litecoin (LTC) aktivlarini ushbu kripto-aktivni qo‘llab-quvvatlaydigan tashqi manzilga chiqarish
tavsiya etiladi.
Aktivni chiqarishdan oldin Foydalanuvchi tashqi manzilning to‘g‘riligini va uning Litecoin tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlashini mustaqil ravishda tekshirishi lozim.
Delistingdan keyingi LTC qoldiqlari
CityPay Foydalanuvchilarga tegishli Litecoin (LTC) aktivlarini avtomatik ravishda sotmaydi, almashtirmaydi yoki USDT, milliy valyuta yoxud boshqa kripto-aktivga konvertatsiya qilmaydi.
Agar Foydalanuvchi belgilangan muddat tugaguniga qadar Litecoin (LTC) aktivlarini sotmasa yoki tashqi manzilga chiqarmasa, tegishli qoldiq haqidagi ma’lumot CityPay hisob tizimlarida saqlanadi.
Bunday qoldiqdan keyinchalik foydalanish masalasi bo‘yicha Foydalanuvchi CityPay qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilishi mumkin. Bunday murojaatlar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, tegishli Ommaviy oferta va CityPay ichki tartib-taomillariga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
CityPay Litecoin (LTC) qoldig‘iga ega Foydalanuvchilarga aktivni sotish yoki chiqarishni oxirgi kunga qoldirmaslikni tavsiya qiladi.
Tushunganingiz uchun tashakkur.
“City Pay Gate” QK MChJ







