CityPay foydalanuvchilarga kripto-aktivlarni qabul qilish uchun minimal summalarni eslatadi.
Hurmatli foydalanuvchilar!
CityPay hamyoniga kripto-aktivlarni qabul qilishda tanlangan kripto-aktiv, o‘tkazma tarmog‘i va minimal qabul qilish summasini hisobga olish muhim.
Har bir kripto-aktiv va tarmoq uchun minimal depozit summasi belgilangan. Agar o‘tkazma summasi belgilangan minimal summadan kam bo‘lsa, mablag‘lar CityPay hamyoningizga hisobga olinmaydi.
Kripto-aktivni yuborishdan oldin quyidagilarni diqqat bilan tekshirishingizni tavsiya qilamiz:
• tanlangan kripto-aktiv;
• o‘tkazma tarmog‘i;
• hamyon manzili;
• minimal qabul qilish summasi.
Masalan, USDT uchun minimal qabul qilish summasi tanlangan tarmoqdan qat’i nazar 1 USDTni tashkil etadi, Bitcoin uchun esa — 0.0001 BTC.
Kripto-aktivlarni qabul qilish bo‘yicha amaldagi minimal summalar jadvalda ko‘rsatilgan. Har bir tranzaksiyadan oldin undan eslatma sifatida foydalanishingizni tavsiya qilamiz.
Kripto-aktivlarni to‘ldirish, hisobga olish va ulardan foydalanish shartlari bilan CityPay Ommaviy ofertasida quyidagi havola orqali batafsil tanishishingiz mumkin:
CityPay Ommaviy ofertasi
CityPay — Paynet ekotizimida raqamli aktivlardan qulay foydalanish imkoniyati.







